Namangan shahrida yuk mashinasini boshqarib kelayotgan haydovchi ehtiyotsizlik oqibatida velosipeddagi 8 yoshli bolani urib ketgan. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan.
Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida avtomobillar to‘qnashuvi oqibatida 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi, yana to‘rt kishi kasalxonaga yotqizildi.
Andijonning Ulug‘nor tumanida Spark haydovchisi rulda uxlab qolishi oqibatida Damas bilan to‘qnashib, YTH sodir etdi. Mashinalar yonib ketdi, hodisa oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, yana 2 kishi kasalxonaga yotqizildi.
Namanganning Kosonsoy tumanida 21 yoshli haydovchi “Jiguli”da turli xavfli manyovrlar qilib harakatlandi. Buning oqibatida mashina “bagaji” ustida o‘tirgan yigit yiqilib tushgan va shifoxonada vafot etgan.
Surxondaryo viloyati Boysun tumanida yuk mashinasi yo‘l chetida mashinasiga yonilg‘i quyayotgan uch kishini urib, voqea joyidan qochib ketdi. Jabrlanuvchilarning ikki nafari voqea joyida halok bo‘ldi, boshqasi shifoxonaga yotqizildi. Haydovchi Sirdaryoda ushlandi.
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida Mercedes-Benz mashinasi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, Labo bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida Labo ichidagi ikki nafar fuqaro voqea joyida halok bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Samarqandning Narpay tumanida belgilanmagan joydan yo‘lga yugurib chiqqan ayolni Damas urib ketdi. Oqibatda u shifoxonada vafot etdi.
Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida Cobalt mashinasi haydovchisi yo‘lda uxlab qoldi va oldidagi yuk mashinasiga urildi. U voqea joyida halok bo‘ldi, yo‘lovchilar esa og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.
Qashqadaryoning Ko‘kdala tumanida Lacetti qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, Nexia bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida 4 nafar fuqaro halok bo‘ldi, yana 4 nafari shifoxonaga yotqizildi.
Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida Nexia haydovchisi yo‘l chetidagi tirkamaga borib urildi. Oqibatda u shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida quvib o‘tish qoidalarini buzib, teskari yo‘nalishga chiqib ketgan Nexia qarshisidan kelayotgan Lacetti bilan to‘qnashdi. Oqibatda Nexia haydovchisi va yo‘lovchisi halok bo‘ldi.
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida 61 yoshli haydovchi sog‘lig‘i yomonlashgani sababli boshqaruvni yo‘qotib, qarshisidan kelayotgan kichik yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. U og‘ir jarohatlar bilan voqea joyida halok bo‘ldi.
Jomboy tumanida Gentra haydovchisi yo‘l chetidagi 4 yoshli piyodani urib yubordi. Oqibatda bola tan jarohatlari bilan voqea joyida halok bo‘ldi.
Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida fevral oyida mast holda avtomobil boshqarib, yo‘l chetidagi 4 kishini bosib ketgan va o‘limiga sababchi bo‘lgan fuqaro 9 yilga qamaldi.
Qamchiq dovonida tormozdagi nosozlik sabab yuk mashinasi, Matiz va Cobalt to‘qnashdi. Oqibatda ularning ikkitasi jarlikka quladi. Ikki kishi voqea joyida halok bo‘ldi.
Samarqand viloyati Urgut tumanida 21 yoshli haydovchi Cobalt boshqaruvini yo‘qotib, qarshisidan kelayotgan Damas`ga borib urildi. YTH oqibatida Damas mashinasi haydovchisi va ikki yo‘lovchisi halok bo‘ldi. Shuningdek, yana uch kishi jarohat oldi.
Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida VAZ-2106 ning 74 yoshli haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishga qayrilayotganda Cobalt`ga yo‘l bermagani uchun ikki avtomobil to‘qnashdi. Oqibatda “Jiguli” haydovchisi shifoxonada vafot etdi.
Toshkent shahri Yunusobod tumanida Spark tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 64 yoshli ayolni urib yubordi. Oqibatda u shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Farg‘ona viloyati Quva tumanida boshqaruvni yo‘qotgan Lacetti qarshisidan kelayotgan VAZ-2101 bilan to‘qnashdi. Oqibatda “Jiguli” haydovchisi voqea joyida halok bo‘ldi. Yana bir haydovchi va yo‘lovchi shifoxonaga yotqizildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting